YETTB NIKA PHARM farmatsevtika korxonasining ishlab chiqarishini kengaytirishga sarmoya kiritadi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) ASKLEPIY Group kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi NIKA PHARM farmatsevtika korxonasining ishlab chiqarishini kengaytirishga 20 million dollargacha sarmoya kiritadi. Loyiha kompaniyaning ham ichki bozordagi o‘rnini mustahkamlashga, ham eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni xalqaro GMP standarti bo‘yicha kengaytirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini 140% dan ko‘proqqa oshirish rejalashtirilgan, bu esa davlat miqyosida importga qaramlikni kamaytiradi. Ta’kidlash joizki, 2021-yil dekabr oyida YETTB NIKA PHARM kompaniyasiga 5 million dollar miqdorida birinchi kreditni ajratgan edi. Keyingi to‘rt yil ichida kompaniya bir qator dori vositalarini mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, Rinoksil, Rinomaks, Forsil kabi brendlari bilan farmatsevtika bozorining bir necha segmentida yetakchiga aylandi. Bugungi kunda ASKLEPIY Group texnologiyalar, sifat va millionlab insonlar salomatligiga sarmoya kiritib, O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri maqomini tasdiqlamoqda. Biz kelajakni yaratamiz. Haqqoniy. Birgalikda.
