Yevrosiyo Farmatsevtika Sammiti
12–14 oktabr kunlari Yevroosiyo Farmatsevtika Sammiti boʻlib oʻtdi, unda ASKLEPIY Group va xususan NIKA PHARM ishtirok etdi.
Sammit maydonida MDH mamlakatlarida farmatsevtika sanoatini, shuningdek, dori vositalari bozorini rivojlantirish masalalari yuzasidan ko‘plab munozalar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari orasida eng yirik mahalliy va xorijiy kompaniyalar, jumladan ASKLEPIY Group va uning tarkibiga kiruvchi NIKA PHARM kompaniyalari, shuningdek, Grand Pharm Trade, MerosPharm, Astor Alliance, Monos Pharma Trade va shu kabi koʻplab boshqa brendlar vakillari bor edi. Mazkur sammitda markalash, yangi dori vositalarini ishlab chiqish hamda innovatsion dori vositalarini ishlab chiqarish masalalariga katta e’tibor qaratildi.
Sammitda ASLEPIY Group СЕО Tolibov S. M va ASKLEPIY Group kompaniyasi САO Madrahimov R. Y. faol ishtirok etdilar. Tadbir chog'ida bugungi kunda O‘zbekistonda farmatsevtika bozorida barqaror o‘sish kuzatilayotgani belgilab o'tildi. Bu borada mamlakatimizda innovatsion texnologiyalarni joriy etish va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tegishli infratuzilmaning mavjudligi muhim omillardan biridir.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonda dori vositalarini markalash tizimini joriy etish masalalari: dasturni amalga oshirishga yondashuvlar, muammolar va imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Sammit doirasida NIKA PHARM kompaniyasi vakili bo‘lgan R.Y. Madrahimov ushbu dasturni O‘zbekistonda joriy etish maqsadga muvofiqligi haqida o‘z fikrlarini o'rtoqlashdi.
Sammitning tantanali yakunida Eurasian Pharma Awards gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib, unda NIKA PHARM bir vaqtning oʻzida ikkita nominatsiya bo'yicha gʻoliblikni qo'lga kiritdi: «Yilning mahalliy kompaniyasi» va «Marketing boʻyicha yil direktori 2021» mukofoti esa Ra'no Maxmudovna Shaxavdinovaga taqdim etildi.
Biz kelajakni yaratamiz! Haqqoniy! Birgalikda!