25 Sep
NIKA PHARM kompaniyasi xalqaro GMP standartiga muvofiqlik sertifikatini oldi
25 iyul kuni NIKA PHARM kompaniyasi dori vositalarini ishlab chiqarish me’yorlari hamda AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan o’rnatilgan va tartibga solinadigan standartlarga qat’iy rioya qiluvchi ishlab chiqaruvchi sifatida e’tirof etildi.
ACS UNITED STATES vakillari NIKA PHARM ishlab chiqarish auditini o’tkazdilar, unda ishlab chiqarish va barcha ishlab chiqarish jarayonlarining xalqaro standartlarga muvofiqligi to’liq tekshirildi.
GMP nima va nima uchun bu NIKA PHARM uchun katta yutuq hisoblanadi?
FDA/EU GMP standarti – bu farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash uchun mo’ljallangan qoidalar va standartlar to’plami. U ishlab chiqarishning har bir bosqichini - xomashyodan tortib to tayyor mahsulotgacha bo’lgan bosqichlarni qamrab oladi.
GMP FDA: AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlari nazorati bo’yicha ma’muriyati mahsulotlarning yuqori sifat, xavfsizlik va samaradorlik talablariga javob berishini ta'minlaydigan qat’iy GMP standartlariga ega.
GMP EU: Yevropa GMP standarti, shuningdek, Yevropa Ittifoqida xavfsiz va sifatli mahsulotlar ta’minotiga qaratilgan. U jarayonlar, jihozlar va hujjatlar uchun batafsil talablarni o’z ichiga oladi.
GMP standartlariga muvofiqligi mahsulotlarning nafaqat iste’mol uchun xavfsiz, balki mo’ljallangan maqsadlari uchun ham samarali bo’lishini ta'minlaydi. Shuningdek, u mahsulot nuqsonlarining oldini olishga yordam beradi va iste’molchilarni ehtimoliy xavflardan himoya qiladi.
GMP standartlari global miqyosda mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
NIKA PHARM kompaniyasining audit jarayoni 2 bosqichga bo’lingan:
Hujjatlarni tekshirish;
Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish.
Tekshiruv natijalariga ko’ra, NIKA PHARM ACS UNITED STATES tomonidan Amerika va Yevropa GMP standartlariga muvofiq yuqori sifatli, xavfsiz va samarali mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida e’tirof etildi.
Ayni paytda NIKA PHARM O’zbekistonda xalqaro GMP FDA/EU standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo’lgan yagona kompaniya hisoblanadi.
Biz kelajakni yaratamiz. Halol. Birgalikda.