CPHI & PMEC China 2023 xalqaro ko’rgazmasi
25 Sep

CPHI & PMEC China 2023 xalqaro ko’rgazmasi

ASKLEPIY Group biznes bo'linmalari vakillari CPHI & PMEC China 2023 xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etdi. Ushbu muhim voqea 19-21 iyun kunlari Xitoyning Shanxay shahrida bo'lib o’tdi.


CPHI & PMEC China – farmatsevtika mahsulotlari ta’minot zanjiri bo’ylab yetkazib beruvchilar va xaridorlarni birlashtirgan Osiyodagi asosiy farmatsevtika tadbiridir. Global farmatsevtika sohasi mutaxassislari Shanxayda muloqot qilish, iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarni topish va muhim yuzma-yuz biznes aloqalarini o’tkazish uchun to’planishadi. Xalqaro ko’rgazmaga 129 davlatdan 60 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi. Bundan tashqari, ushbu tadbirda Pfizer, Stevanato Group, Aptar Pharma va boshqa kompaniyalar ishtirok etdi.



NIKA PHARM vakillari potentsial hamkorlar bilan 20 dan ortiq uchrashuvlar o’tkazdilar. Jamoamiz hamkorlik imkoniyatlari va yangi qo’shma loyihalarni muhokama qildi. Tadbir ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va jahon hamjamiyatidagi innovatsion ishlanmalar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etdi.

Biz kelajakni yaratamiz. Halol. Birgalikda.