O'zbekiston bozorida 18 yillik faoliyat
NIKA PHARM kompaniyasiga 2006-yil 5-iyulda asos solingan va o‘sha paytdan boshlab biz katta yo‘lni bosib o‘tdik. Biz shunchaki, dori-darmonlar ishlab chiqaramiz, balki minglab odamlar ishonchini qozongan mahsulotlarni yaratamiz. Biz mahsulotlarimizning sifati va samaradorligini isbotlab, nafaqat ichki bozorda, balki undan tashqarida ham mijozlar, tibbiyot mutaxassislari va hamkorlarning ishonchini qozongan.
O'tgan yillar davomida biz:
1. Xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlagan holda, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etdik.
2. Turli ehtiyojlar uchun samarali va xavfsiz dori vositalarini yaratib, mahsulotlarimiz assortimentni kengaytirdik.
3. Minglab tibbiyot muassasalari va dorixonalar uchun ishonchli hamkorga aylanib, bozorda o‘z mavqeimizni mustahkamladik.
4. Muvaffaqiyatimiz garovi bo‘lgan eng yaxshi mutaxassislarni to‘plagan holda jamoa sifatida ravnaq topdik.
Biz uchun eng katta qadriyat — bu sog‘lom iste’molchilar, mamnun hamkorlar va baxtli xodimlardir. Biz hamyonbop va samarali dori vositalari bilan ta’minlash orqali, odamlarning hayot sifatini yaxshilay olayotganimizdan faxrlanamiz.
Biz erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmay, har bir inson salomatligi uchun sifatli va samarali dori-darmonlar yaratish yo‘lida dadil olg‘a bormoqdamiz.
Biz kelajakni yaratamiz. Haqqoniy. Birgalikda.