NIKA PHARM kompaniyasidan shifokorlar uchun interfaol tadbirlar
NIKA PHARM kompaniyasi yangi loyihani ishga tushirdi, uning doirasida shifokorlar uchun zavod bo‘ylab ekskursiya bilan muntazam interfaol tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Birinchi tadbir 14 aprel kuni bo‘lib o‘tdi va sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari uchun dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish, shuningdek, NIKA PHARM kompniyasi mahsulotlari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
NIKA PHARM o‘z faoliyatida ochiq va shaffof kompaniya bo‘lib, mehmonlarga ishlab chiqarish jarayonlari qanday amalga oshirilayotgani va nima kompaniyani o‘z sohasida yetakchilik qilayotgani haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, mehmonlarni umumiy dastur, kompaniya xodimlari va rahbariyati bilan tanishish jarayoni kutib turgan edi.
Anjumanlar zalida shifokorlarga kompaniyaning “Forsil”, “Enterosgel” va “Trizim” kabi mahsulotlari taqdim etildi. Mahsulot menejerlari har bir dorining xususiyatlari haqida batafsil gapirib berishdi.
Tadbir mehmonlarga kompaniyaning brend mahsulotlari taqdimoti va foydali ma’lumotlarga va o‘tkazgan vaqt haqida ijobiy taassurot qoldirishiga yoqimli qo‘shimcha bo‘lgan “Ra’no Eko Village” dam olish maskaniga yo’llanmaning o‘ynalishi bilan yakunlandi.