Sifat asoslari: Dorilar ishlab chiqarishda xomashyo tanlovi qanday ahamiyatga ega?
Dori vositasining sifati — bu faqat standartlar va reglament talablariga muvofiqlik emas. Bu, eng avvalo, bemor xavfsizligi, davolash samaradorligi va brendga nisbatan ishonchdir. Shu sababli, farmatsevtika sanoati faqat ishlab chiqarish jarayoniga emas, balki uning boshlang‘ich nuqtasi — xomashyoni tanlash va nazorat qilishga ham alohida e’tibor qaratadi.
Xomashyo — sifat poydevori
Binoni tasavvur qiling. Mustahkam poydevorsiz bino barqaror bo‘lmaydi. Xuddi shu tarzda xomashyo dori vositasining poydevoridir. Agar ushbu bosqichda xatolik yuz bersa, keyingi barcha jarayonlar mukammal bo‘lsa ham, natija samarali chiqmasligi mumkin. Farmatsevtikada bu biologik faollikning pasayishi, formulani beqarorligi, noxush ta’sirlar yoki mahsulotni bozordan qaytarish va obro‘ni yo‘qotish kabi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.
Yetkazib beruvchini qat’iy tanlash: ishoning, lekin tekshiring
Xomashyo yetkazib beruvchini tanlash — strategik ahamiyatga ega qaror. Bugungi kunda farmatsevtika kompaniyalari butun dunyo bo‘ylab hamkorlar bilan ishlaydi: faol moddalar Hindistondan, yordamchi moddalar Xitoydan, qaqoqlash materiallari esa Yevropadan bo‘lishi mumkin. Geografiya turli, lekin standartlar yagona.
Yetkazib beruvchi tasdiqlanishidan oldin quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi:
ishlab chiqarish maydonlarining auditi,
GMP, ISO, HACCP standartlarga muvofiqlikni tekshirish,
kompaniya tarixi, shrshlari va ishonchliligi bo‘yicha tahlil.
Shundan so‘ng ham — doimiy monitoring, ayniqsa, jarayonda o‘zgarishlar yoki shikoyatlar yuz bersa.
Nazorat eshikdan boshlanadi
Xomashyo zavodga yetib kelgach, albatta kirish nazoratidan o‘tadi. Bu jarayonga quyidagilar kiradi:
hujjatlarni tekshirish (tahlil sertifikati, sifat pasporti),
standartlashtirilgan tartibda namunalar olish,
laboratoriya sinovlari: fizik-kimyoviy va mikrobiologik va organoleptik ko‘rsatkichlar bo‘yicha.
Agar biror ko‘rsatkich talabga javob bermasa — partiya rad etiladi. Hatto eng ishonchli yetkazib beruvchilar bilan ham, ichki nazorat har doim amalga oshiriladi.
Fizik-kimyoviy xususiyatlar — ko‘rinmas xavflar
Quyidagi kabi ko‘rsatkichlardagi kichik farqlar ham dori ta’siriga ta’sir qilishi mumkin:
- zarracha o‘lchami,
- namlik darajasi,
- tozaligi,
- eruvchanligi.
Masalan, faol moddaning sekin yechiluvchanligi uning samaradorligini kamaytiradi, mikrozarrachalar mavjudligi esa eritmada agregatsiyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarishda har bir komponent avvaldan kvalifikatsiyadan o‘tkaziladi va sinovlar qat’iy nazorat qilinadi.
Biologik xavfsizlik: zarar keltirmang
Ifloslantiruvchi moddalar — og‘ir metallar, qoldiq erituvchilar va kanserogen aralashmalar kabi moddalarga alohida e’tibor beriladi. Xromatografiya, mass-spektrometriya, spektroskopiya kabi zamonaviy tahlil usullari eng oz miqdordagi xavfli moddalarni ham aniqlaydi. Bu nafaqat reglament talablariga javob berish, balki bemorni ehtimoliy xavfdan himoya qilish uchun ham zarur.
Brend obro‘si — tizimli yondashuvning natijasidir
Odatda, iste’molchi tabletka yoki ampula qanday tayyorlanishini bilishga qiziqmaydi. Ammo tayyor mahsulotning ishonchliligi aynan xomashyodan boshlanadi. Sifatli, toza va standartga javob beruvchi xomashyodan foydalangan ishlab chiqaruvchi — samarali va barqaror dori chiqaradi. Ishlab chiqarishda tejamkorlik yoki nazoratsizlik esa — shikoyatlar, partiyalarni bozordan olish va jazolarga olib kelishi mumkin.
Sifatli xomashyoga investitsiya har doim o‘zini oqlaydi. Bular barqaror partiyalar, kamroq nuqsonli mahsulotlar, kamroq rejadan tashqari tekshiruvlar va qayta ishga tushirishlar, texnologik jarayonning barqarorligi va eng muhimi, mijozlar ishonchi.
Sifat zanjiri: molekuladan bemorgacha
Shuni anglash kerakki, xomashyo sifati — sifat zanjirining birinchi halqasidir. Keyinchalik unga ishlab chiqarish nazorati, jihozlar, malakali kadrlar, retseptura barqarorligi, to‘g‘ri qadoqlash va saqlash shartlari qo‘shiladi. Birinchi halqa — xomashyo — yetarli darajada mustahkam bo‘lmasa, butun tizim muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Farmatsevtik sifat aynan shu yerdan boshlanadi.
Xulosa
Zamonaviy farmatsevtika ishlab chiqarish jarayoni — bu sifatga kompleks yondashuvni talab qiladigan tizim. Va bu jarayon mahsulot omborga yoki dorixonaga kelib tushishidan ancha avval boshlanadi. Barchasi — to‘g‘ri va kasbiy xomashyo tanlovidan boshlanadi.
NIKA PHARM kompaniyasida biz ishonamiz: sifatni mahsulotga oxirida qo‘shib bo‘lmaydi — uni avvaldan yaratish kerak. Va bu jarayon xomashyo bilan boshlanadi.